Yangiliklar

Gulfood 2022 ko'rgazmasi

Gulfood 2022 ko'rgazmasi
O‘zbekistonlik "Ecofruit" brendi hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan "Gulfood" qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Gulfood – oziq-ovqat va ichimliklar sanoatining dunyodagi eng yirik va nufuzli yillik ko‘rgazmasidir. Tadbirda 120 dan ortiq mamlakatdan 5000 ga yaqin kompaniya va 185 davlatdan 97000 dan ortiq mehmon ishtirok etishi kutilmoqda.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanuvchi Ecofruit brendi ko‘rgazmadagi "Made in Uzbekistan" pavilonida vatanimiz quyoshida pishgan meva va sabzavotlarini dunyoga namoyish etmoqda.

Kompaniya asoschilari o‘z faoliyatini 2009-yilda boshlagan. Kompaniya 100 dan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va quritilgan mevalarni mijozlarning talabiga ko‘ra qadoqlab, istalgan manzilga yetkazib beradi.
Kompaniya, shuningdek, 2015-yildan boshlab o‘z plantatsiyalarida uzum, o‘rik va bodom yetishtira boshlagan.

Ecofruit savdo tuzilmasini takomillashtirish va o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida doimiy mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o‘rnatish orqali sotuv bozorini kengaytirishni maqsad qilgan.

Kompaniya doimiy ravishda yangi mahsulotlarni yaratishga harakat qiladi va yangi bozorlarni izlaydi. E’tiborli jihati shundaki, kompaniya mijozlarining ko‘pchiligi shartnomalar imzolangan paytdan boshlab hamkorlikni davom ettirmoqda.

Ko‘rgazmada Ecofruit brendi Birlashgan Arab Amirliklarining yirik kompaniyalaridan biri bo‘lgan FSL bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko‘ra, "Ecofruit" katta hajmdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va quritilgan mevalarni yetkazib beradi.

Ecofruit – Uzbek delicacy anywhere in the world